Faxriy o‘qituvchiga uy qurib berilmoqda

Date:

Ustoz va murabbiylarning qadri baland, shu sabab boshimiz yerga tekkuniga qadar ta’zimdamiz. Ular bergan ta’lim-tarbiya, pur-ma’no o‘gitlar haqini yuz ganch ila ham qaytara olmasligimiz aniq. Hayot sinovlarida sinashta bo‘lgan ustozlarimizdan bir Jarqo‘rg‘on tumanidagi 15-umumta’lim maktabida 35 yil faoliyat yuritgan “Xalq ta’limi a’lochisi” Zulfiya Saidnazarovadir. Ustoz bugungi kunda yolg‘iz qizi va 2-guruh nogironi bo‘lgan nabirasi bilan birga yashab kelmoqda.
Faxriy ustozning oilaviy ahvoli, yashash sharoiti o‘rganilib, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev hamda tuman, shahar bo‘limlari boshliqlari tomonidan ushbu oilaga hashar yo‘li bilan uy qurib berilmoqda. Boshqarma boshlig‘i va bir guruh mas’ullar Zulfiya ayaning xonadonida bo‘lib, uning holidan xabar olishdi va viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari bilan hamkorlikda ustozga sog‘lomlashtirish maskani uchun yo‘llanma taqdim etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ma’naviyat karvoni yo‘lda

 “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi doirasidagi navbatdagi “Kitob karvoni”...

Zamonaviylik sari…

Termiz tumanidagi Qahramon mahallasi bugun o‘zining yangi qiyofasini topmoqda....

 “Etno shaharcha”da yangilik bisyor…

Termiz shahridagi “Etno shaharcha” hududida milliy madaniyatimizning qadimiy yo‘nalishlarini...

Hamkorlik yanada kengayadi

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik asrlar davomida...
KunTun
KunTun