5 nafar xotin-qiz ish bilan band

Date:

Hasanxon Qodirov rahbarlik qilayotgan “Shirin asal uzumlari” fermer xo‘jaligi Sho‘rchi tumanining Shakarko‘l mahallasida faoliyat yuritadi. Fermer xo‘jaligi negizida tikuvchilik sexining faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ayni muddao bo‘ldi. Natijada, mahalladagi 5 nafar ishsiz xotin-qizlar muqim ish o‘rniga ega bo‘ldilar.
— Avvallari uyda tikuvchilik qilardim, — deydi Robiniso Avazova. — Endi sharoitlarga ega bo‘lgan tikuv sexida milliy va zamonaviy liboslarni tikadigan bo‘ldim. Shu bilan bir qatorda sohadoshlarim bilan hamfikr, bamaslahat ishlaymiz.
Tikuv sexida chevarlarning qo‘li-qo‘liga tegmay, tikish-bichish bilan band. Kimdir tikkan, kimdir matolarni dazmollagan. Xullas, ish jarayoni qizg‘in tus kasb etgan. Asosiysi, ular tikkan kiyim-kechaklarninh sifati va dizaynidan xaridorlar mamnun.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun