“Shaffof”da “Sayxunobod tajribasi”

Date:

Xonadonida kaftdekkina tomorqasi bor inson bugun o‘zini ishsizman, bekorchiman deya olmaydi. Bunda “Sayxunobod tajribasi” madadga keladi-yu, sizga munosib yo‘l-yo‘riq, yordam ko‘rsatiladi. Sababi, sayxunobodliklar, o‘zlaridagi imkondan unumli foydalanib, ishsizlikdan chiqishning munosib formulasini ishlab chiqishgan-da.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi 115-son Qarori dasturil amal bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu qarorning bajarilishi yuzasidan Muzrabot tumani “Shaffof” mahallasida ham na’munaviy o‘quv-tajriba maydoni yaratilishi bo‘yicha Respublika fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi jamg‘arma raisi hamda viloyat Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari jamg‘arma boshlig‘i va tumandagi mas’ul tashkilot va korxonalar tomonidan Na’munaviy o‘quv tajriba maydoni tashkil etildi.
Mahallada “Sayxunobod tajribasi” asosida xonadonlarda bo‘sh turgan tomorqalaridan unumli foydalanib, sabzavot va poliz ekinlari ekilib, har bir xonadonda ishlab chiqarish, tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilayotir. Mahallada hozirda parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik yo‘lga qo‘yilgan. Aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikdan holi hududga aylantirish bo‘yicha ishlar qizg‘in tus olgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ibrat va xotira

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Janubi-g‘arbiy...

Maktabga qatnash — xavfsiz va qulay

Jarqo‘rg‘on tumani Alisher Navoiy mahallasida piyodalar uchun zamonaviy yo‘lakcha...

B1 daraja endi imtiyoz beradi

Chet tillarini bilish darajasini baholash tizimida muhim yangilik joriy...

086-shakl endi onlayn

O‘zbekistonda fuqarolar uchun yana bir muhim qulaylik joriy etildi...
KunTun
KunTun