Yo‘l qurilishi muhokama qilindi

Date:

Xabaringiz bor, vohamizda ozarbayjonliklar bilan hamkorlikda anor sharbati ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilgan. O‘z navbatida bunday hamkorlikdan ozarbayjonliklar ham mamnun. Qolaversa, ular vohamiz bilan boshqa yo‘nalishlarda ham hamkorlik qilish istagini bildirishayotgani quvonarli hol. Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Ozarbayjonning “Kaspian kapital grup” kompaniyasi asoschilari Elxan Pashayev va Taxir Iskandarov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.


Uchrashuvda, shuningek, Ozarbayjonning “Aztimont” va “Tovuz-Baltiya” korxonalari rahbarlari ham ishtirok etishdi. Muzokaralar davomida kelgusidagi hamkorlik rejalari, xususan, viloyatimiz hududida pullik yo‘l qurish loyihasi muhokama qilindi. Viloyat rahbari yo‘l qurilishida Ozarbayjon kompaniyalarining katta tajriba va salohiyatga ega ekanligi ta’kidlab, bu boradagi hamkorlikdan mamnunligini bildirdi.
Shuningdek, tomonlar yo‘l qurilishi loyihasini mutaxassislarni jalb qilgan holda texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, loyiha takliflarini taqdimotga tayyorlashga kelishib olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun