“Ishlar sifatli bajarilishi lozim”

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, amalga oshirilayotgan qurilish loyihalari bilan tanishdi. Dastlabki manzil tumanning “Yangi hayot” mahallasida yangidan barpo etilayotgan 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. Loyiha qiymati 3 milliard 830 million so‘m bo‘lgan binoda hozirda qurilish ishlari davom etmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotining binosi ikki qavatli bo‘lib, 150 o‘ringa mo‘ljallangan. MTT sentyabr oyida ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan. Viloyat hokimi mas’ullar bilan muloqot davomida qurilish jarayonlarini sifatli va belgilangan muddatda topshirish bo‘yicha topshriq va ko‘rsatmalar berdi.
Keyingi manzilda viloyat rahbari tumanning “Sharq guli” mahallasida bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massividagi turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining qurilishi bo‘yicha loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Viloyat hokimi mas’ullar bilan suhbatlashib, qurilish va ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida hamda sifatli davom ettirish borasida topshiriq va ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, hududni obodonlashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish yuzasidan o‘zining tavsiyalarini berdi.
Aytish kerakki, Angor tumanida eng og‘ir mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va og‘ir mahalla toifasidan chiqarish bo‘yicha dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirda ishlar davom etmoqda. Ana shunday mahallalardan biri birinchi sektor hududida joylashgan “Yuqori Xo‘jaqiya” mahallasidir. Hozirda ushbu mahallada ham bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududda tashkil etilgan “Angor kommunal xizmat BSK” MCHJ faoliyati bilan tanishdi. Ushbu yangi tuzilmalar sohadagi mavjud muammolarni tizimli bartaraf etish, aholiga qulaylik yaratishga xizmat qiladi. Viloyat rahbari tumanning boshqa mahallalarida ham boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun