“Oqshom hotel” foydalanishga topshirildi

Date:

Surxondaryo viloyatida ham turizm sohasi rivoj topib, xizmat ko‘rsatish tizimida ham e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Tashrif buyuradigan mehmonlarga munosib xizmat ko‘rsatish, ularning qo‘nim topishi, hududlar bo‘ylab kezishi ham Surxondaryoning diqqatga sazovor joylari haqida yanada yaxshiroq ma’lumotlarga ega bo‘lishlari uchun bor imkoniyatlardan foydalanilmoqda.
Ayni shu maqsadda Sariosiyo tumanida barcha sharoitlarga ega bo‘lgan zamonaviy yangi mehmonxona – “Oqshom hotel” foydalanishga topshirildi. Mehmonxonaning ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari, nuroniylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Aytish kerakki, tadbirkor Azam Ishonqulovning o‘z mablag‘i evaziga qurilgan mehmonxona 38 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, har bir xonaning o‘zida yuvinish xonalari mavjud. Shuningdek, tarkibida shinam konferensiya zali, oshxona ham mehmonlar xizmatiga shay.
Mehmonxona ish boshlashi bilan 6 nafar ishsizning bandligi ta’minlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

90 nafar bola uchun yangi bog‘cha

Maktabgacha ta'limni rivojlantirish va bolalarni sifatli ta'lim bilan qamrab...

“Ko’mak”dan ko‘mak olib

Bandixon tumanida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va tillarni...

Sizga sharaf bo‘lsin!

Vatanga sadoqatli, fidoyi va malakali harbiy kadrlarni tarbiyalash har...

Milliy qadriyatlar ulug‘landi

Milliy o‘yinlar xalqning tarixi, qadriyati va tarbiya an'analarini o‘zida...
KunTun
KunTun