130 ta maktabda…

Date:

Intiqlik bilan kutilgan ta’til ham boshlandi. Bolajonlar yozgi oromgohlarga yo‘l olib, mazmunli dam olishni allaqachon boshlab yuborishgan. Oromgohlarga borishga imkoni bo‘lmagan bolalar ham e’tibordan chetda qolgani yo‘q. Ayni ular uchun Surxondaryodagi 130 ta maktabda yozgi sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Yozgi ta’til davomida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va tanlarini sog‘lomlashtirish maqsadida ushbu sog‘lomlashtirish maydonchalari jonlarga ora kirayotgani aniq. Jami 130 ta maktabda tashkil etilgan ushbu yozgi oromgohlarga jami 12 mingdan ortiq o‘quvchilar qamrab olinishi ko‘zda tutilgan. Hozirdanoq maktablarning sport maydonlari o‘quvchi-yoshlar bilan gavjum bo‘lib, tizimli ravishda musobaqalar tashkil etilayotir.
Mazkur kunduzgi oromgohlarda bolalarning vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, oromgohlar faoliyati 3-iyundan 13-iyunga qadar davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Boysun bahori” — milliy meros va xalqaro hamjihatlik bayrami

Bugun Boysun tumanida o‘tkazilayotgan “Boysun bahori” XIII xalqaro folklor...

RAQAMLI DAVRDA ADABIYOT: SUN’IY INTELLEKTNING O‘RNI

XXI asr insoniyat taraqqiyotining eng tezkor va innovatsion davri...

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...
KunTun
KunTun