Namuna ko‘rsatgan maktab taqdirlandi

Date:

“Otalar yig‘ilishi” oilada otalarning maqomini yana bir bor ko‘rsatib qo‘ydi. O‘z navbatida oila boshilari ham farzand tarbiyasidagi o‘rnini, mas’uliyatini his etib, bolalari bilan qiziqadigan, tergaydigan, birgalikda vaqt o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu esa o‘g‘il-qizlarning o‘qishida, ta’lim-tarbiyasida ham sezila boshladi.
Albatta, bu borada maktablarning xizmati katta bo‘ldi. Ustozlar otalarni jalb qilib, namuna ko‘rsata olishdi. Xizmatlar esa shubhasizki, besamar ketmaydi. Shu ma’noda, 2023-2024-o‘quv yili davomida “Otalar yig‘ilishi” va “Otalar qabul kunlari”ni o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi namuna ko‘rsatgan maktab taqdirlandi.
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuniga ko‘ra, Sariosiyo tumanidagi 18-maktab — 2023-2024-o‘quv yili davomida “Otalar yig‘ilishi” va “Otalar qabul kunlari”ni o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi namuna ko‘rsatgan maktab deb topildi va viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan maktab jamoasi diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘asi bilan taqdirlanib, e’tirof etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Iqtidor va qiziqish uyg‘unlikda…

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish...

Sherobod yoshlari g‘olib

Yo‘l harakati qoidalarini puxta biladigan, mas'uliyatli va hushyor yoshlarni...

Chempionatdan 7 ta medal

Andijon viloyatida Karate WKF yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida...

Kaftdek yerdan baraka

Bugungi kunda tomorqa yerlaridan unumli foydalanish nafaqat oilaviy daromadni...
KunTun
KunTun