Noqonuniy yuklar to‘xtatib qolindi

Date:

Ezgu tashabbuslar, loyihalar amaliyotga yuz tutsa, albatta, bu ko‘p uchun foydali va manfaatli maqsadlarga xizmat qiladi. Niyati yomon, manfaat ilinjida o‘zgalarning xafsizligi-yu hayotini pisand qilmaydiganlarning manfur rejalari esa yaxshiyamki, har doim ham amalga oshavermaydi. Yaxshiyamki, Surxondaryoda qiymati 1 milliard so‘mdan ortiq noqonuniy tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolindi.
“Ayritom” chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazilganda rentgen tasvirlari avtotransportda yuk kuzatuv hujjatlarida keltirilgan tovarlardan boshqa tovarlar ham borligini ko‘rsatgan. Shundan so‘ng, avtotransport vositasi xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Natijada, avtotransport vositasi yukxonasida xufiyona tarzda qog‘oz qutilarga joylashtirilgan, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, xorijda ishlab chiqarilgan va aktsiz markalari bo‘lmagan umumiy qiymati 1 milliard 26 million so‘mlik jami 27 ming quti uch xil nomdagi sigaret mahsulotlari yuklangani ma’lum bo‘lgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun