O‘rim jarayoni ko‘zdan kechirildi

Date:

G‘alla va g‘o‘za parvarishi, mo‘l hosil olish soha mehnatkashlarining orzu va birincha galdagi maqsadiga aylangan. Shu ma’noda erta bahordanoq g‘ayrat bilan ishga kirishishgan. Ayni sohalardagi ishlar bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor, Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlarida bo‘ldi.
Xususan, Angor tumanida “Zamin Angor cluster”, Muzrabot tumanida “Do‘sanov Alisher” va “Qosimov Isoxon” fermer xo‘jaliklari, Sherobod tumanida “Shoymon bobo” fermer xo‘jaligi hamda Qiziriq tumanida “Surxon cotton textile cluster” MChJning g‘alla maydonlarida o‘rim ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi. Sherobod tumanidagi “Shoymon bobo” fermer xo‘jaligi g‘allaning gektaridan 107 sentnerdan, Muzrabot tumanidagi “Do‘sanov Alisher” fermer xo‘jaligi 84 sentnerdan hosil olishga erishganligi qayd etildi.
Viloyat hokimi sektorlar va o‘rim otryadlari rahbarlarining o‘rim-yig‘im tadbirlarining tashkil etilishi, ish jarayonlarining belgilangan grafik bo‘yicha bosqichma-bosqich borishi yuzasidan axborotlarini tingladi. Shuningdek, hududlarda g‘o‘za parvarishi, agrotexnik tadbirlar va o‘g‘itlash ishlari bilan ham tanishildi. Mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hamkorlik kuchaytirildi

Termiz davlat universiteti hamda Surxondaryo viloyati Gidrometeorologiya markazi o‘rtasida...

84 ta obyekt tadbirkorlik va bandlikka xizmat qiladi

Muzrabot tumanida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi uchun zamonaviy xizmatlar...

Mehnatga munosib e’tibor

Davlat tomonidan tibbiyot xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir...

Muammolar tinglandi, tashabbuslar qoʻllandi

Yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash...
KunTun
KunTun