Sport bilan muntazam band

Date:

Sport insonni chiniqtiradi. Jismonan tetik bo‘lishga yordam beradi. Qolaversa, vaqtimizni mazmunli o‘tkazishda ham sportning xizmati katta. Yozgi ta’tilda esa bu har qochingidan-da muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shunday maqsadni ko‘zlagan holda Termiz shahridagi 13-umumta’lim maktabi ezgu tashabbusni boshladi.
Maktabda yangi qurilib bitkazilgan futbol maydonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Endilikda maktabning futbolsevar yoshlari ta’tilni maroqli o‘tkazishlari aniq. Maxsus kiyimlarda jamoalarga bo‘lingan holda bellashishadi. Qizg‘in raqobatlarda vaqtlari chog‘ o‘tadi.
Shuningdek, viloyat Sport boshqarmasi tomonidan o‘g‘il va qizlar o‘rtasida futbol seksiyalari ham tashkil etildiki, ko‘ngillilar o‘zlari yoqtirgan sport turlari bilan band bo‘lishlari mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

90 nafar bola uchun yangi bog‘cha

Maktabgacha ta'limni rivojlantirish va bolalarni sifatli ta'lim bilan qamrab...

“Ko’mak”dan ko‘mak olib

Bandixon tumanida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va tillarni...

Sizga sharaf bo‘lsin!

Vatanga sadoqatli, fidoyi va malakali harbiy kadrlarni tarbiyalash har...

Milliy qadriyatlar ulug‘landi

Milliy o‘yinlar xalqning tarixi, qadriyati va tarbiya an'analarini o‘zida...
KunTun
KunTun