Nazariy bilimlar amaliyotda mustahkamlanmoqda

Date:

Ilm izlanishni, amaliyotda sinalib, tajriba oshirishni talab etadi. Bu bilan ilm yanada boyiydi, insonni kamolotga yetaklaydi. Tajribali kadr sifatida shakllanishga yordam beradi. Ayni jihatlarni inobatga olgan holda Termiz davlat universitetining tabiiy fanlar fakultetida tahsil olayotgan talabalarga Surxondaryoning tog‘li hududida joylashgan oliygoh tasarrufidagi Darband o‘quv amaliyot bazasida auditoriyada o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotda sinab ko‘rishlari uchun mos muhit yaratildi.
Joriy 2023/2024-o‘quv yili yakunida universitetning 400 ga yaqin talabalari uchun ularning xavfsizligi taʼminlangan holda ushbu maskanda dala amaliyoti tashkil etildi. Dastlabki amaliyotga boruvchi 100 nafar talabalar universitet rektori A.Toshqulov rahbarligida tantanali tarzda kuzatib qo‘yildi.
Kuzatuv jarayonida rektor talabalarga amaliyotni o‘tash davrida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari, vaqtdan unumli foydalanib, amaliy bilimlarni puxta o‘zlashtirishlari bo‘yicha zaruriy tavsiyalarni berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muammolarga yechim bor

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib...

Hech bir nihol nobud bo‘lmasin

Bugungi globallashuv jarayonida ekologik barqarorlikni ta’minlash nafaqat davlat siyosati...

Xavfsizlik — birinchi o‘rinda

Bugungi kunda yangi bino va inshootlar qurilishiga katta e’tibor...

Pulning “issig‘i” soviguncha…

Alibek (ism o‘zgartirilgan) bolaligidan erka o‘sdi — shunaqangi erkaki,...
KunTun
KunTun