Jahongir polvondan xushxabar

Date:

Surxonning alp o‘g‘lonlari kurash tushdimi, albatta, raqinining kuragini yerga tekkizmasdan qo‘ymaydi, halol yengadi. Sababi, kurash alplarimizning qonida, yuragida jo‘sh uradi. Buni Toshkent shahrida milliy va xorijiy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan  xalqaro kurash musobaqasi orqali ko‘rish, amin bo‘lish mumkin bo‘ldi. Musobaqada barcha hududlardan saralangan 98 nafar kurashchi talaba chempionlik uchun kurash olib bordi.

Bellashuv qizg‘in kechdi. Mardlarning maydonga tushgani, murasasiz kurashlar barchaning qiziqishini oshirib, zavqini toshirdi. Quvonarlisi, bellashuvlarda Termiz davlat universitetining 4 nafar sportchisi ham faol ishtirok etib, bitta oltin medalni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Ogʻir vazn toifasidagi Jahongir Mamatraximov raqiblarini yengib, faxrli 1-oʻrinni egalladi.

Shahin Lodonov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun