15 nafar oila bellashdi

Date:

Oila jamiyatning bir bo‘g‘inidir. Farzandlar tarbiyasi, jamiyatda o‘zini tutishi esa o‘sha oilaga ko‘rgu tutgandek gap. Ayni jihatdan ota-onaga katta mas’uliyat yuklanadi. Termiz shahridagi Yoshlar markazida “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda viloyatning 700 ga yaqin oilasi ishtirok etdi. 150 oila orasidan tuman, shahar g‘oliblari saralanib, ulardan 15 nafari viloyat bosqichida ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda oilalarni qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash, ulardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, oilaning jamiyatdagi o‘rni, roli va nufuzini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib deb topilganlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, “Ibratli oila” ko‘krak nishoni ham o‘z egalariga tantanali topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun