Taniqli shoirlar Surxondaryoda

Date:

Shoir, umuman ijod ahli bilan suhbat insonga estetik ruh, shijoat baxsh eadi. Atrofga, hayotga o‘zgacha nigoh bilan boqa boshlaysiz. So‘zning kuchi, sehrini kuchliroq anglaysiz. Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida yurtimiz adabiy muhitiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan shoirlar bilan uchrashuv tashkil etildi.


Uchrashuv mehmoni sifatida O‘zbekison xalq shoiri Usmon Azimning tashrif buyurishi kutilmagan hol bo‘ldi. Qolaversa, mehmonlar qatorida “Shuhrat” medali sohibi Shuhrat Orif hamda Dadaxon Muhammadiyevlar ham bor edi. Uchrashuv davomida mehmonlar o‘zlarining hayot yo‘llaridan misol keltirgan holda yoshlarimizni ilmi-ma’rifatli va ona vatanimizga muhabbatli insonlar bo‘lishga chorlab, ijodlaridan namunalar o‘qildilar.
Shundan so‘ng, mehmonlar universitet hamda unda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...

Mehnat o‘z so‘zin aytdi

Sport maydonlarida erishilayotgan yutuqlar nafaqat individual muvaffaqiyat, balki yurt...

Bolalar uchun yangi imkoniyatlar

Mamlakatimizda “inson qadri – eng oliy qadriyat” tamoyili asosida...
KunTun
KunTun