Ortiqcha asabiylashmang

Date:

Ba’zida qattiq asabiylashib, o‘zimizni boshqara olmay qolamiz. Unutmaylikki, bugun insoniyat hayotiga tahdid soluvchi besh asosiy xavfli omildan biri — stressdir. Ruhiy zo‘riqish, ortiqcha asabiylashish va depressiya ko‘plab kasalliklarni keltirib chiqarishini ham yaxshi bilamiz, ammo asabni jilovlashning iloji bo‘lmay qoladigan holatlar ham bo‘ladi. AQShning «Kold-Spring-Xarbor» laboratoriyasi olimlari o‘tkazgan tadqiqot davomida stress va saraton kasalligi o‘rtasidagi bog‘liqlik topildi.
Dahshatli to‘g‘rimi, ammo afsuski bu haqiqat. Ma’lum bo‘lishicha, stressli vaziyatlarda organizmda bir qator gormonlar faollashuvi kuzatiladi. Shulardan asosiysi — adrenalin. U tufayli yurak urishi tezlashib, qon bosimi ko‘tariladi va tanada qo‘shimcha energiya hosil bo‘ladi.
Xuddi shunday ruhiy holat kortizol gormoni ishlab chiqarilishini ham faollashtiradi. Oqibatda qon tarkibida qand miqdori me’yordan oshadi. O‘z navbatida, tahdid yo‘qolishi bilan gormonlar yana normal holatiga qaytadi. Biroq agar inson doimo stress ostida hayot kechirsa yoki tez-tez depressiyaga tushsa, yuqoridagi gormonlar barcha organlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsata boshlaydi va bora-bora turli xavfli kasalliklarni qo‘zg‘atadi.
Olimlar o‘tkazgan tadqiqot davomida surunkali stress saraton hujayralarini paydo qilishi aniqlandi. Ya’ni ruhiy tushkun holatimizda qon tarkibidagi neytrofillar tananing o‘simtalarga moyilligini oshiruvchi yopishqoq tuzilmalar hosil qiladi. Olimlar xulosasiga ko‘ra, ushbu tadqiqot onkologik kasalliklarni davolashga doir yangi usullar va samarali strategik yondashuvlarni ishlab chiqishda qo‘l kelishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Instagramda yangi cheklov

Instagram 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun “13+” maxsus cheklov...

Yer oila aʼzolari nomiga oʻtkaziladi

O‘zbekiston qonunchiligi yangi qadam tashlab, fermerlarga ijara asosidagi qishloq...

Kredit oqibati ogohlantiriladi

So‘nggi yillarda mamlakatda mikroqarz va iste’mol kreditlari bozori faollashmoqda....

Savodi sinovdan oʻtdi

Diktant yozish nafaqat yozuv madaniyatini rivojlantiradi, balki ona tiliga...
KunTun
KunTun