G‘alla yig‘im-terimiga puxta hozirlik ko‘rilmoqda

Date:

Dalalarda g‘alla baravj o‘sib, o‘rim-yig‘im mavsumi boshlanishidan darak berayotir. Yaqin kunlarda boshlanajak mavsumga esa puxta hozirlik ko‘rib, zarur texnikalarni tayyorlash lozim. Shu maqsadda soha mutasaddilari ishtirokida mavsumga tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan onlayn amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida barcha tumanlar onlayn tarzda ishtirok etishdi. Aytish kerakki, joriy yilda g‘alla yig‘im-terimini boshlash uchun tumanimizda 10 ta otryad shakllantirilib, 21 ta kombayn, 75 ta don tashuvchi transport vositalari shay holatga keltirilgan. Shuningdek, mavsum boshlanishi oldidan esa har bir kombayn mexanizatorlariga pul mablag‘i va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
2024-yilda Bandixon tumanida 4 ming 688 gektar yer maydonidan 14 ming 533 tonna g‘allani nes-nobud qilmasdan yig‘ib-terib olish reja qilingan. Seminar davomida jonliq so‘yilib, g‘alla mavsumining barakali o‘tishi uchun yaxshi niyatlar ila Qur’on tilovat qilinib, duoga qo‘l ochildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Mening maktabim” loyihasi boshlanmoqda

Joriy yilning 22-oktyabridan boshlab 2025/2026-oʻquv yili doirasida “Mening maktabim”...

Saraton qarshi “super vaksina”

Vaksina yuborilgan sichqonlarning 88 foizida shish paydo bo‘lmagani aniqlandi....

Ilk kunda ikkita oltin medal

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan III Osiyo yoshlar oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi...

Azim Samarqandga ma’naviy sayohat

Bandixon tumanining “Navbahor” mahallasida joylashgan fermer xo‘jaliklari, mahalla yettiligi...
KunTun
KunTun