Festival mehmonlarni kutmoqda

Date:

“Boysun bahori” festivalining bo‘lib o‘tishi dunyo bo‘ylab ovoza bo‘ldi. Turli millat va xalqlar, davlatlar o‘z tillarida festival haqida hikoya qilib, keng omma qalbiga Boysunga kelish, festivalda bo‘lish ishtiyoqini alangalatayotgani ayni haqiqat. Xususan, Qozog‘iston nashri ham “O‘zbekistonda “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali mehmonlarni kutmoqda” nomi ostida material e’lon qilgani fikrimizning isbotidir.
Qozog‘istonning “Almalife” saytida “1-7-may kunlari Surxondaryo viloyatida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tadi” sarlavhasi bilan maqola (https://almalife.kz/events/5033-mezhdunarodnyj-folklornyj-festival-bojsun-ba-ori-zhdet-gostej-v-uzbekistane) e’lon qildi. Maqolada festival doirasida Termiz shahrida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, shuningdek, Boysunda milliy taomlar va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi, folklor jamoalarining konsert dasturlari, havo sharlarini uchirish, dron-shoular bo‘lib o‘tishi haqida ma’lumot keltirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun