Surxondaryo-Urumchi savdo uyi faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Date:

Xalqaro hamkorlik aloqalari barcha jabhalarda o‘z natijasini ko‘rsatadi, bu esa xalqimiz uchun esa yangidan-yangi imkoniyatlar, qulayliklar yaratiladi degani. Surxondaryo viloyati ishbilarmon doira vakillari, turli soha mutasaddilari hamda hudud rahbarlaridan tarkib topgan 150 nafar viloyatimiz delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib qaytganidan xabaringiz bor. Tashrif davomida Xitoyning Urumchi shahrida joylashgan “AIMEIDA” savdo uyida Surxondaryo viloyatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi hamda Surxondaryo-Urumchi savdo uyi faoliyatini boshladi.
Savdo uyida vohamizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar, milliy liboslar, oziq-ovqat va turli ichimliklar namunalari forum ishtirokchilariga tanishtirildi. Shuningdek, delegatsiyamiz Xitoyga tashrifi davomida ilg‘or texnologiyali korxonalarda ham bo‘lishib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi hamda kasanachilik, tikuvchilik, kashtachilik va bosma uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muammolarga yechim bor

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib...

Hech bir nihol nobud bo‘lmasin

Bugungi globallashuv jarayonida ekologik barqarorlikni ta’minlash nafaqat davlat siyosati...

Xavfsizlik — birinchi o‘rinda

Bugungi kunda yangi bino va inshootlar qurilishiga katta e’tibor...

Pulning “issig‘i” soviguncha…

Alibek (ism o‘zgartirilgan) bolaligidan erka o‘sdi — shunaqangi erkaki,...
KunTun
KunTun