“Yosh qutqaruvchilar” bellashdi

Date:

Yov, ofat so‘rab kelmaydi. Bir pasda tushgan joyini yondirib kul qiladi. Ana shunday paytda qutqaruvchilar jonga ora kiradi. Bu kasb jasorat, qahramonlikdir. Sababi hamma ham o‘z jonini garovga qo‘yib, birovni qutqaravermasligi achchiq haqiqat. Albatta, ana shunday lahzalarda tezkorlik, mahorat talab etiladi. Buning uchun qutqaruvchilar tinimsiz tayyorgarlik, o‘z ustida ishlash bilan band bo‘lishlari ham bor gap.
Ana shunday qutqaruvchilik kasbiga qiziqishi baland yoshlar uchun Termiz shahrida umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchilar” harbiy sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Unda shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoalari ishtirok etib, musobaqa nizomida belgilangan shartlar asosida o‘zaro bellashishdi.
Har bir shartda ishtirokchilar vaqtga amal qilgan holda o‘z mahoratlarini, jismoniy tayyorgarliklarini namoyish etdilar. O‘z navbatida jarayonni kuzatish tomoshabinlar uchun ham maroqli kechdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Termiz tumanidagi 12-IDUM jamoasi birinchi o‘rinni egallab, respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar tadbir tashkilotchilari tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun