TISU talabalari o‘qishni Turkiyada davom ettiradimi?

Date:

Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin deyishganidek, til o‘rganishda ham o‘sha millat egasining o‘zi ustozlik qilsa, maqsadga, marraga yetish osonroq kechadi. Ayni jihatlarga e’tibor bergan holda Termiz iqtisodiyot va servis universitetida tashkil etilgan “Til oʻqitish markazi”da turk tili ham o‘rgatila boshlandi.
Turk tili boʻyicha oʻqitish uchun universitet tomonidan Turkiyadan 2 nafar oʻqituvchi jalb qilindi. Ta’lim muassasasi rahbariyati oliygohga tashrif buyurgan Selcan Sever, Minel Karago‘zlar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda mutaxassis mehmonlar bilan turk tilini oʻqitish texnologiyasi boʻyicha kelishib olindi.
Markazda 4 ta: turk, ingliz, rus va nemis tillari oʻqitiladi. Xususan, turk tilini oʻqitish boʻyicha talabalar tilni qay darajada bilishiga qarab saralab olinadi va ular bilan shartnoma imzolanadi. Shundan soʻng, talabaning imkoniyatlari hisobga olingan holda til kurslari 3 yoki 6 oy davom etadi. Albatta, talabalarning tilni qanchalik oʻzlashtirayotgani imtihonlar yordamida tekshirib boriladi va ularni muvaffaqiyatsiz topshirganlar keyingi bosqichga oʻtolmaydi.
Eng asosiysi, kurs so‘nggida talabaga TÖMER sertifikati beriladi. Ushbu sertifikatni qo‘lga kiritgan talabalar Turkiyadagi Xo‘jeyli universitetida tahsil olish uchun yuboriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Eng kuchli jamoalar saralandi

Termiz shahridagi "Surxon Arena" majmuasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida...

Muammolarga yechim izlandi

Termiz shahrida Termiz harbiy prokurori Sh.X. Mirzayev tashabbusi bilan...

Vijdon erkinligi – inson huquqlarining muhim kafolati

Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash har qanday demokratik davlatning...

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...
KunTun
KunTun