Vohadoshlarimiz peshqadamlardan…

Date:

O‘zbek futbolchilarining o‘yini har doim havjchilar uchun bosh mavzu bo‘lib kelgani barchamizga ayon. Albatta, yildan-yilga iste’dodli to‘p suruvchilar ham yetishib chiqmoqdaki, ular haqiqiy futbolchi qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yishga qattiq bel bog‘lashgan. Shu jumlada, surxondaryolik yosh futbolchilar ham. O‘zbekiston kubogi 2-turida Surxondaryo viloyati futbolchilaridan tarkib topgan “Qiziriq” futbol klubi navbatdagi o‘yinini o‘tkazdi.
Futbolchilarimiz o‘zbek futbolida o‘z nomiga ega bo‘lgan jamoalardan biri bo‘lgan “Bunyodkor” futbol klubi bilan maydonga chiqishdi. Murosasiz kechgan bahsda vohadoshlarimiz poytaxt jamoasiga munosib qarshilik ko‘rsatib, yakunda 1:1 hisobi bilan durrang natija qayd etishdi. Ayniqsa, “Qiziriq” futbol jamoasi goliga super zarba bilan Nurmuhammad Namozov mualliflik qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

ONA TILIM — RUHIM, ILDIZIM

Ona tili — millatning tarixiy xotirasi, ma’naviy qiyofasi va...

Aktivlar aylanmaga qaytadi

Davlat mulkini xususiy sektorga o‘tkazish iqtisodiyotga investitsiya jalb etish,...

Energetik salohiyat — iqtisodiy imkoniyat

Bugungi kunda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, elektr ta’minoti barqarorligini...

Raqamlar ortidagi huquqiy himoya

Surxondaryo viloyatida 2026-yilning 9 oyida ma’muriy sudlar tomonidan davlat...
KunTun
KunTun