Boysunda piknik zonalar bor…

Date:

Bahor go‘zal fasl. Yon-atrofning ajib ko‘rinish kasb etishi kishini yashil tabiat qo‘yniga, tog‘lar bag‘riga sayr-u sayohatga, ko‘ngil yozishga chorlaydi. Boysun tumani esa ayni sayr-u sayohat qiladigan, go‘zallikdan bahra oladigan joy. Sanoqli kunlardan so‘ng, tumanda YUNESKO shafeligida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali o‘tkazilayotgani, ayni kunlarda ushbu nufuzli festivalga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in kechayotgan bir paytda mehmonlarning tabiat qo‘ynida risoladagidek xordiq chiqarishlari ham inobatga olingan.
Festivalga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy turistlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida Boysun tumanining “Xo‘jaqo‘shg‘or ota” hududidagi tog‘ yonbag‘rlaridagi bahavo joylar, yashil maysazorlarda piknik zonalar tashkil etildi. Mazkur piknik zonalarda tashrif buyuruvchilar uchun xavfsiz sharoitlar yaratilib, tabiat va atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda o‘rindiq, urna, soyabonlar o‘rnatilmoqda.
Boysun kengliklarida dam olish, tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lish har bir sayohatchi mehmonning yil davomida ko‘tarinki kayfiyat va taassurot berishiga shubha yo‘q.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun