29 nafar ishsiz ishli bo‘ldi

Date:

Ishsizlarni “qayerda ish bor-u ishlasam bo‘lar ekan”, degan savol qiynashi tabiiy. Bandixon tumani prokurori B.Toshpulatov tashabbusi bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” tashkil etilgani ishsizlarning barcha savollari-yu izlovlariga munosib javob bo‘ldi. Tumanning “Bektepa” mahallasida joylashgan sobiq Suv xo‘jaligi va melioratsiya kolleji binosida taklif etilgan mehnat yarmarkasiga tumandagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.
Turgan gapki, mehnat yarmarkasida 46 ga yaqin korxona va tashkilot 229 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Shu kuni 78 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etgan yarmarkada 29 nafar ishsiz doimiy va vaqtinchalik haq to‘lanadigan jamoat ishlariga joylashtirilib, yo‘llanmaga ega bo‘lishdi. 49 nafar fuqaroga esa mehnat qonunchiligi bo‘yicha zaruriy tushunchalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun