Surxondaryodan qadimiy xum topildi

Date:

Yurtimiz tarixi, arxeologik boyliklari haqida to‘xtalganda, albatta, vohamiz noyob topilmalarga boyligi, ochilmagan sir-u sinoatlarga to‘la ekani haqida to‘lqinlanib so‘zlashga odatlanganmiz. Aslida ham shunday. So‘zlarimizda aslo bo‘rttirish va mubolag‘a yo‘q. Sariosiyo tumani “Sarijar” mahallasida yashovchi fuqaro Erkin Tulakov o‘z tomorqasida issiqxona qurish uchun yer kovlayotgan paytida taxminan yarim metr chuqurlikda katta xum gardishiga duch kelgani esa fikrlarimizni yaqqol dalillaydi.
Fuqaro qazish ishlarini davom ettirib, ushbu gardish balandligi taxminan 1,50-1,60 metr bo‘lgan, butun saqlangan bir dona ulkan xum ekanligiga guvoh bo‘ladi va topilma yuzasidan mahalla fuqarolar yig‘iniga, undan keyin viloyat Madaniy meros boshqarmasiga xabar qiladi.
Madaniy meros boshqarmasi hamda Termiz arxeologiya muzeyi mutaxassislari tomonidan ushbu xum atrofida olib borilgan arxeologik kuzatuv ishlari natijasida bu yerda yana uch dona xum mavjudligi aniqlandi. Barcha xumlar zarar yetkazilmagan holda qazib olindi. Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, xumlarning ikki donasi IX-XIII asrlarga, yana ikkitasi XIV-XVI asrlarga oid ekanligi taxmin qilinmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun