Sangardakda osma dor yo‘li barpo etiladi

Date:

Sangardak sharsharasi, u yerning o‘ziga xos tabiati, iqlimi, osmonlarga tutash tog‘larining bor go‘zalligini ko‘rish, bahra olish maqsadida nafaqat mahalliy aholi, balki dunyoning turli burchaklaridan mehmonlar tashrif buyurishadi. Kelib ketguvchillar uchun yanada qulaylik yaratish, hududning turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida yangidan-yangi loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ayni loyihalar yurtimizning, vohamizning xalqaro hamkorlikdagi aloqalarida ham yangi bosqichga ko‘tarildi. Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 7-9-aprel kunlari Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Vengriya davlatida bo‘lib, yetakchi kompaniyalar bilan ikki tomonlama manfaatli muzokaralar o‘tkazganidan xabaringiz bor.
Oʻzbekistonning Vengriyadagi elchixonasi koʻmagida tashkil etilgan safar chogʻida Denov tumanidagi “Denov Oltin Don” masʼuliyati cheklangan jamiyati Avstriyaning “DOPPELMAYR” kompaniyasi bilan qiymati 20 million yevro boʻlgan osma dor yoʻli loyihasini amalga oshirish boʻyicha shartnoma imzoladi. Yangi loyiha Sariosiyo tumanidagi xushmanzara tog‘lar qo‘ynida joylashgan mashhur Sangardak qishlog‘ida bunyod etiladi.
So‘lim bu go‘shada osma dor yo‘lining barpo etilishi hududning betakror go‘zalligini, O‘zbekistonning “Niagrasi” sifatida ta’riflanadigan Sangardak sharsharasini baland tog‘ cho‘qqilaridan tomosha qilib, o‘zgacha zavq olish imkoniyatini yaratadi, sayyohlar oqimini yanada ko‘paytiradi.
Loyiha doirasida daraning tepasidan tog‘ va so‘lim qishloqni tomosha qilish uchun maxsus maydon, tomosha maydoniga chiqish uchun yo‘lak va zinalar, kirish qismiga stella va yengil konstruksiyali mehmon uylari quriladi. Restoran, ot va tuyada sayr qilish, mini sport maydonchalari, oilaviy piknik va maxsus selfi zonalari, o‘yin va raqs maydonchalari barpo etiladi.
Daradagi tog‘larni birlashtiruvchi osma dor yo‘lining uzunligi 1 ming 200 metrni tashkil etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Mening maktabim” loyihasi boshlanmoqda

Joriy yilning 22-oktyabridan boshlab 2025/2026-oʻquv yili doirasida “Mening maktabim”...

Saraton qarshi “super vaksina”

Vaksina yuborilgan sichqonlarning 88 foizida shish paydo bo‘lmagani aniqlandi....

Ilk kunda ikkita oltin medal

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan III Osiyo yoshlar oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi...

Azim Samarqandga ma’naviy sayohat

Bandixon tumanining “Navbahor” mahallasida joylashgan fermer xo‘jaliklari, mahalla yettiligi...
KunTun
KunTun