Surxondaryodan qadimiy xum topildi

Date:

Yurtimiz tarixi, arxeologik boyliklari haqida to‘xtalganda, albatta, vohamiz noyob topilmalarga boyligi, ochilmagan sir-u sinoatlarga to‘la ekani haqida to‘lqinlanib so‘zlashga odatlanganmiz. Aslida ham shunday. So‘zlarimizda aslo bo‘rttirish va mubolag‘a yo‘q. Sariosiyo tumani “Sarijar” mahallasida yashovchi fuqaro Erkin Tulakov o‘z tomorqasida issiqxona qurish uchun yer kovlayotgan paytida taxminan yarim metr chuqurlikda katta xum gardishiga duch kelgani esa fikrlarimizni yaqqol dalillaydi.
Fuqaro qazish ishlarini davom ettirib, ushbu gardish balandligi taxminan 1,50-1,60 metr bo‘lgan, butun saqlangan bir dona ulkan xum ekanligiga guvoh bo‘ladi va topilma yuzasidan mahalla fuqarolar yig‘iniga, undan keyin viloyat Madaniy meros boshqarmasiga xabar qiladi.
Madaniy meros boshqarmasi hamda Termiz arxeologiya muzeyi mutaxassislari tomonidan ushbu xum atrofida olib borilgan arxeologik kuzatuv ishlari natijasida bu yerda yana uch dona xum mavjudligi aniqlandi. Barcha xumlar zarar yetkazilmagan holda qazib olindi. Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, xumlarning ikki donasi IX-XIII asrlarga, yana ikkitasi XIV-XVI asrlarga oid ekanligi taxmin qilinmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun