Kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida

Date:

Inson hayotida kitobning o‘rni muhim, kitob o‘qigan insonning dunyoqarashi keng, salohiyatli bo‘ladi. Bundan tashqari, kitob inson xotirasini mustahkamlaydi. Har birimiz qaysi kasb egasi bo‘lmaylik, sharoitimizdan kelib chiqib, kitob bilan muayyan darajada muloqotda bo‘lamiz.
Albatta, kitob o‘qish inson uchun muvaffaqiyat va saodat eshiklarini ochuvchi kalitdir. Ilm izlash, kitob, gazeta va jurnallarni mutolaa qilish insonning dunyoqarashini kengaytirib, o‘ziga xos zavq bag‘ishlaydi. Zero, ko‘p o‘qigan, bilimdon insonning umuman o‘qimagan yoki kam o‘qiydiganlardan har sohada imkoniyat doirasi kengroq bo‘ladi.
Yoshlarni kitobga qiziqishini oshirish maqsadida kitobxonlik tanlovlari o‘tkazilib, g‘oliblar munosib taqdirlanib kelayotgani bejiz emas. Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan “Prokuratura organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish” Konsepsiyasiga muvofiq tasdiqlangan dastur asosida xodimlar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, viloyat prokuraturasi tomonidan haftaning har juma kunlari “Ma’naviyat kuni” etib belgilanib, kitobxonlikni keng ommalashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash, xodimlar o‘rtasida kitobxonlikni keng ommalashtirish, “kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida Termiz shahridagi Adib Sobir Termiziy nomidagi kutubxonada ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Xodimlar ushbu kutubxona faoliyati, kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Ushbu yo‘nalishdagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun