Qushlar rasmini chizishdi

Date:

Qushlarning chug‘uri quloqqa hush yoqadi. Ularning u yoqdan-bu yoqqa uchayotganini kuzatib-da zavq olamiz. Hatto, ba’zi qush turlarini xonadonimizda parvarish qilishga-da odatlanganmiz. Qushlar do‘stimiz, ular orasida afsuski, yo‘q bo‘lib ketayotgan noyob turlari ham borki, ularni asrab-avaylash lozim.
Termiz Hayvonot bog‘ida maktab o‘quvchilari ishtirokida 1-aprel — Xalqaro qushlar kuni munosabati bilan tadbirlar o‘tkazildi. Har bir ishtirokchi o‘z suratida hayvonot bog‘ida saqlanayotgan noyob qushlarni aks ettirishga harakat qildi. Tadbir davomida yosh rassomlar bor iqtidor va mahoratlarini ishga solishlariga to‘g‘ri keldi. Eng chiroyli chizilgan surat sohiblariga faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI

Fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish va ularga amaliy yechim...

O‘ZА IJODKORLARI SURXONDARYODA

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan hududlarda tashkil etilayotgan “O‘zA...

QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI UCHUN INNOVATSION YECHIM BOR

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Qishloq va suv...

Eron tajribasi oʻrganildi

Termiz davlat universitetida eronlik mutaxassislar ishtirokida an’anaviy to‘qimachilik, tabiiy...
KunTun
KunTun