Bo‘sh vaqti mazmunli o‘tdi

Date:

Birinchi navbatda yoshlarning vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash lozim. Ana shundagina huquqbuzarliklar, illatlarga qarshi kurashishga hojat qolmaydi. Ayni maqsadda uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Dastlab, musobaqaning tuman bosqichlari o‘tkazilgan bo‘lsa, kuni kecha Olimpia zaxiralari kollejida viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda barcha tumanlardan kelgan jamoalar ishtirok etib, o‘zaro bellashishdi.
Qizg‘in bahs-munozaralarga boy o‘tgan musobaqada Termiz shahrilik yoshlar uchinchi, denovliklar ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Sherobodlik yoshlarning qo‘li balandlik qilib, 1-o‘rinni egalladi. Quvonarlisi, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tomonidan homiylik asosida g‘olib jamoa yoshlari uchun Workaut maydonchasi qurib beriladigan bo‘ldi. 2- va 3-o‘rin sohiblariga esa 30 million hamda 15 million so‘mlik pul mukofotlari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun