O‘zbek botirlari maydonga tushsa…

Date:

Nafaqat yurtimizda, dunyoning qay burchagida kurash musobaqalariga start erilmasin, albatta, o‘zbek polvonlari, surxon alplari ham o‘zini mardi maydon qilish uchun bormasdan qolmaydi. Surxon polvonlari haqida ortiqcha tashbehu maqtovga o‘rin yo‘q, shunchaki, ularni kuzatish kifoya. Namangan viloyatida bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha “O‘zbek botirlari” xalqaro turnir musobaqasida ham nafaqat polvonlar, balki tomoshabinlar uchun ham kurash tomoshasi esda qolarli bo‘ldi.
So‘z isboti bilan deganlaridek, surxon polvonlari nimalarga qodir ekanini maydonga tushgandayoq isbotladi. Musobaqaning erkin kurash baxslariga start berilgan ilk kundayoq Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabi a’zolari Asomiddin Xasanov, Otabek Salomov, Ikrom Yerjanov, Boymurod Azimov, Shahzod Yarashevlar ishtirok etib, birinchi davrani g‘alaba bilan boshladilar.
Yakunda ham Asomiddin Xasanovga teng keladigani topilmadi, polvonimiz 74 kilogramm vaznda ikkinchi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun