Alisher Navoiy nomi barhayot

Date:

Alisher Navoiy dahosini o‘rganish shoir tavallud topgan sanadagina emas, doimiy ravishda davom etishi lozim. Shu maqsadda DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan harbiy qismlarning birida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy nomi barhayot” mavzusida harbiy xizmatchilar ishtirokida davra suhbati va “Navoiyxonlik kechasi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida A. Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati haqida so‘z bordi.
Buyuk shoir, gazal mulkining sultoni Alisher Navoiy 1441-yil 9- fevralda tavallud topgan. Yurtimizdagi hech bir shaxs ushbu kunni yodidan chiqarmaydi. Shu jumladan, buyuk shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiydan milliy madaniyatimiz va adabiyotimiz uchun bebaho ijodiy-ilmiy meros qolgan. Bobomizning buyuk va bebaho nodir adabiy asarlari asrlar osha dunyo xalqlarini ham o‘ziga jalb qilib kelmoqda.

Javlanbek Meyliyev,
harbiy xizmatchi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bir ko‘ngil imorati…”

Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan har qanday davlatda insonlarning ijtimoiy...

Daryo bo‘yi “Aqlli” bo‘ladi

Surxon bo‘ylab kezar ekansiz, chor-atrof obodlik, nurafshonlik kasb etishini,...

Qariyb sakkiz million ko‘chat ekiladi

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda har yili ikki mavsumda —...

Tizimning tayanchi bo‘ladi

Bugungi kunda mamlakatimizda energetika, neft va gaz sohalarini modernizatsiya...
KunTun
KunTun