Muammo bartaraf etildi

Date:

Ishsizlikka munosib yechim ekin-tikin qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish deya bot-bot takrorlaymiz. Ammo, ekin qilish uchun yeri boru suvi yo‘qlar nima qilsin? Afsuski, shunday hududlar borki, suv yo‘qligi sabab tomorqasidan foydalana olmaydi. Yurtimizda sohalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida bu muammoning ham munosib yechimi topilgani fuqarolarni quvontirgani rost.
Sho‘rchilik Abduvohid Abdullayev ham ana shu sabab bilan aziyat chekkanlardan. Ming urinmasin, mehnati samara bermas edi. Tumandoshi Nuriddin Mo‘minovning artizan qudug‘ini qazdirish borasidagi tashabbusi tuman Fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining qo‘llab-quvvatlashi natijasida Surxondaryo viloyati jamg‘armasidan 150 million so‘m subsidiya ajratildi. Natijada 165 metr chuqurlikdan suv chiqarilib, hududdagi 30 xonadonning tomorqasidagi ekinlardan sifatli va mo‘l hosil olinishiga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun