Darslarda foydalanish uchun o‘quv-uslubiy film ishlab chiqariladi

Date:

Hamma ham maktabda kimyo fanini birdek a’lo baholarda o‘qimaydi. Kimyoviy formulalar, mavzuning murakkabligi, qolaversa, tushunish qiyinligi uchun o‘qituvchiga ming quloq tutish har doim ham yetarli bo‘lmaydi. Buni kimyo fanini o‘zlashtirishda qiynalayotganlar yaxshi biladi. Ana shunday paytda mavzuni yanada tushunarli bo‘lishi, o‘quvchilarning o‘zlashtirishi osonroq kechishi uchun hukumat qarori (24-son, 13.01.2024-y.) bilan respublika davlat ta’lim muassasalarida dars o‘tish uchun foydalaniladigan o‘quv-uslubiy filmlarni ishlab chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Ushbu nizomga ko‘ra, ta’lim muassasalarida dars o‘tish uchun foydalaniladigan o‘quv-uslubiy filmlar mavzulari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Har yili 30-yanvargacha filmlarning tasdiqlangan mavzulari ro‘yxati Kinematografiya agentligiga taqdim etiladi. Shunga ko‘ra, Agentlik tomonidan har yili 50 tagacha film ishlab chiqariladi.
Bunda filmlarning mavzulari o‘quvchi va talabalar o‘zlashtirishi murakkab bo‘lgan fanlar, ularning asoslari, mavzulari (formula, teorema, qonuniyatlari) asosida shakllantiriladi. Filmlarni joylashtirish uchun 2024-yil 1-aprelgacha o‘quv-uslubiy filmlar portali va mobil ilovasi yaratiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun