«Yashil belbog‘» loyihasi doirasida…

Date:

Uzoq yillardan buyon iqlim o‘zgarishi oqibatida viloyatimizdagi Afg‘oniston chegarasi hududidan ko‘tarilayotgan chang-to‘zon sog‘ligimizga, kayfiyatimizga, halovatimizni buzilishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, bronxial astma kasalligi bor yaqinlarimizning sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi kishini xavotirga soladi. Shuningdek, tez-tez uchrab turadigan afg‘on shamoli endigina xonadonimizni toza-ozoda qilganimizda esa hamma tomonga chang, qum ko‘tarilib, uy bekalarimizning ko‘nglini xira qiladi.
Endilikda aholining salomatligini o‘ylagan holda chang to‘zonning oldini olish maqsadida, Afg‘oniston chegara zonasi, “Orol” va “Limonzor” mahallasi hududida 4,5 kilometrdan ortiq yer maydonlariga 28 125 ta Eldar qarag‘ayi navli ko‘chat o‘tqazish maqsad qilingan bo‘lib, ushbu mahallalar hududida ko‘chat ekish ishlari boshlab yuborildi. Bu esa chang to‘zon ko‘tarilishining oldini olishi bilan birga qishloq xo‘jaligi foydalanadigan yerlarning 10 sentnergacha hosildorligini oshiradi.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun