6 million dollarlik loyiha ishga tushiriladi

Date:

Ishni ko‘zini bilgan odamlarnigina tadbirkor deb ataymiz. Ular o‘z g‘oyalari va amalga oshiradigan loyihalari asosida o‘zgalarga ham naf keltirishi bilan jamiyat uchun kerakli insonlarga aylanadilar. Qiziriq tumani “Takiya” mahallasida umumiy qiymati 6 million dollar bo‘lgan, yiliga 9,6 ming tonna sut ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zotdor echki boqish loyihasi ham ana shunday maqsadga xizmat qiladi.
Loyiha ishga tushgach, kelgusida echki boqishga mo‘ljallangan binoda echkining “Mursiona” turidan 10 ming bosh boqish yo‘lga qo‘yiladi. Asosiy yo‘nalishi sut ishlab chiqarish bo‘lgan loyiha doirasida yiliga 4 million dollarlik mahsulot eksport qilinadi. Bu budjetga 6,5 milliard so‘mlik tushum tushiriladi degani. Amaliy sa’y-harakatlar boshlangach, 100 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

GRACE dasturi joriy etiladi

Jarqo‘rg‘on tumanida “Korrupsiyadan xoli hudud” dasturi ijrosi doirasida keng...

Ma’naviyat va hamjihatlik targ‘ib etildi

Adib Sobir Termiziy nomidagi kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va...

Shaftoli

— Bolam, chida, homiladorlik dard emas, — ona go‘shakka...

“Sun’iy intellekt” platformasi joriy etiladi

Prezident yig‘ilishda bank kreditlaridan samarali foydalanilmayotganini tanqid qilib, agar...
KunTun
KunTun