Milliy tabiat bog‘ida uchrashuv

Date:

Bu olam siru sinoatga, go‘zallikka boy. Buni har doim ham, har nafasda anglamasligimiz mumkin. Ammo, tabiat mo‘jizasini asrab-avaylash, hech bo‘lmaganda zarar keltirmaslik lozim. Holbuki, doimiy ravishda tiriklikni asrash haqida bong urilishiga qaramay, bu boradagi madaniyatimiz haminqadarligicha qolmoqda. Shunday paytda eng yaxshi targ‘ibot, har bir insonni tabiat qo‘yniga olib chiqish, uning bor go‘zalligini, mo‘jizasini ko‘rsatishdir. Surxondaryo viloyatidagi “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i xodimlari hamda jamoatchilik faollari 11-yanvar –Xalqaro qo‘riqxonalar va milliy tabiat bog‘lari kuni bahonasi bilan Sariosiyo tumanidagi 46-maktabning tog‘lar qo‘ynidagi Kundayjuvoz qishlog‘i filialida sanaga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etdilar.
Tadbirda keng jamoatchilik vakillariga hududdagi “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i haqida hikoya qilish bilan birga bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar, qolaversa, ona tabiatni asrab-avaylashning jamiyatdagi o‘rni to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i Hisor tog‘ tizmalari bag‘rida “Uzun” davlat o‘rmon xo‘jaligining 27 ming 851 gektar maydonda tashkil etilgan. Muhofaza etiladigan bog‘da “Qizil kitob”ga kiritilgan noyob jonivorlar, qushlar, daryolarida qizil farel baliqlari, turli dov-daraxt va shifobaxsh o‘simliklar, rang-barang gullar qo‘riqlanib, ko‘paytirilmoqda. Xalqaro qo‘riqxonalar va milliy tabiat bog‘lari kuni 1997-yil Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish markazi va Butunjahon yovvoyi tabiat fondi tashabbusi bilan joriy etilgan.
Tadbir yakunida qatnashchilarga tabiat bog‘ida uchraydigan hayvonlar tasvirlangan tarqatma materiallar taqdim etildi. Mana shunday uchrashuv va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari yoshlaarni tabiatni asrashga, jonivorlar va o‘simliklarga zarar yetkazmaslikka undasa, ajab emas.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Koʻprik foydalanishga shay

Sherobod tumanida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 va M-41...

Bayramga tuhfa

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning...

Yoshlarga munosib tuhfa

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi doirasida Denov tumanidagi O‘zbekiston MFY...

Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi...
KunTun
KunTun