Mehnatining rohatin ko‘rib…

Date:

Ishlashni istamaydigan odamga mo‘may daromadli ish taklif qilsang ham bahonasi chiqadi. Ishlayman degan esa imkonsizlik ichidan ham o‘ziga imkon topadi. Kaftdekkina yeri bo‘lsa ham gullatib, gektar yer maydoni bor odamdan ko‘ra tadbirli bo‘lib chiqadi. Sho‘rchi tumanidagi “Oqtumshuq” mahallasida yashovchi aholi turmushi misolida ham fikrlarimiz yaqqol isbotini topadi. Jamila Payanova ham tomorqasida mo‘jazgina issiqxona tashkil etib, opa xonadoniga kirganning bahri dili ochiladi. Sababi tomorqadan taralayotgan xushbo‘y hid taratib turgan qulupnay kishi e’tiborini tortmay qo‘ymaydi.
— Mo‘jazgina issiqxonada qulupnay yetishtirdik, — deydi Jamila Payanova. – Daromad ham yomon bo‘lmayapti. Ayni kunlarda qulupnayga ehtiyoj ortgan. Tumanimizdagi dehqon bozoridagi xaridorlarga yetkazib berib, ro‘zg‘orimizni butlayapmiz.
Dehqonchilik hadisini olgan J.Payanova tomorqasidagi 2 sotix yer maydoniga issiqxona tashkil qilib, roppa-rosa 4 oy avval qulupnay ko‘chatlarini ekib, kerakli agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajargan bo‘lsa, hozirda esa mehnatining rohatini ko‘rib, hosilga kirgan qulupnaylarini har besh kunda terib, bozorga olib chiqib pullayapti.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun