Sohibqironni yod etib

Date:

Sohibqiron Amir Temur haqida bilmaydigan, uning jasoratiyu, topqirligi, xalqparvarligi, ko‘rsatgan qahramonliklari, saxovatiyu, sadoqatidan boxabar bo‘lmagan kishi bo‘lmasa kerak.

“Kuch — adolat”da deya tulporida dunyoga tanilgan, ne-ne jangu-jadallar kezib, buyuk davlat tuzgan tarixiy siymo yashab o‘tgan yurt farzandi sifatida har birimiz faxr va iftixorga to‘lamiz. Shundan bo‘lsa kerak o‘g’lonlarimiz Amir Temurdek qo‘rqmas va jasur, oqilu dono bo‘lsin, deya niyatni dilga tugamiz. Yillar, asrlar o‘tsa-da, ortidan shonli tarix qoldirib ketgan bobakalonimiz har on yodimizda.

Termiz shahridagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bugun buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan “Milliy armiyamiz yoshlar nigohida” shiori ostida “Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, Termiz harbiy prokuraturasi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi viloyat mintaqaviy bo‘linmasi, Termiz shahar ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi vakillari, Faxriylar ishlari bo‘yicha viloyat kengashi faxriylari, O‘zbekiston Respublikasi “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar viloyat kengashi, “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi mas’ul xodimlari, harbiy xizmatchilar va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Ko‘plar jam bo‘lgan tadbirda Amir Temur o‘gitlari, qilib ketgan ezgu amallari yod etildi. Sahnaviy chiqishlar orqali Temurbek siymosi yoshlar nigohida qayta gavdalandi. Iste’dodli o‘quvchilar ijrosidagi raqslar guldastasi hamda harbiylarning chiqishlari yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi. O‘quvchilar qalbida Amir Temur siymosiga nisbatan hurmat hissi yanada jo‘sh urdi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtiyozlar imkoniyat yaratadi

Surxondaryo viloyatida Prezidentning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni...

Narkotik savdosining oldi olindi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilgan tezkor...

Nazorat kuchaytirildi

Surxondaryo viloyatida ekologiya va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd...

O‘ziga ishonchi ortdi

Termiz shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan...
KunTun
KunTun