Professor bilan uchrashuv

Date:

Boysun tumanidagi 47-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti professori, iqtisod fanlari doktori Shonazar Ermamatov ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Eslatish joizki, Shonazar Ermamatov Boysun tumanida tug‘ilgan va tumandagi 47-son umumta’lim maktabida tahsil olgan. Ushbu maktabning sobiq o‘quvchisi sifatida yoshlik chog‘lari, o‘quvchilik davridagi qiziqarli damlarni, ustozlar bergan saboqlari hamda sinfdoshlari haqida taasurotlarini o‘quvchi yoshlarga so‘zlab berdi.

Mahorat darsi o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zlari qiziqqan va kelajakda egallamoqchi bo‘lgan kasblari haqida o‘rtoqlashdilar. Samimiy o‘tan uchrashuvda hayotda eng kerakli bo‘lgan maslahatlar, tavsiya va ko‘nikmalar berib o‘tildi. Ota-onaga, ustozlar hamda sinfdoshlar o‘rtasida mehr-oqibatli bo‘lish, o‘zlari tanlagan kasbni haqiqiy egasi bo‘lish, asosiysi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, mehnat qilishlari hamda maqsadlariga erishish yo‘lida astoyidil harakatda bo‘lishlari ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arslonbek mutlaq gʻolib

Uzunlik iqtidorli sportchi Komilov Arslonbek para powerlifting yo‘nalishida yirik...

Sutni qayta ishlash loyihasi yo‘lga qo‘yildi

Muzrabot tumanining eng olis va chegara hududlaridan biri bo‘lgan...

Muzrabotning “Stela”si qurilmoqda

Muzrabot tumanining kirish qismida barpo etilayotgan “Stela” monumenti qurilish...

Jarayon nazorat ostida

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov umumiy o‘rta ta’lim maktablarida...
KunTun
KunTun