200 million dollarlik kelishuvga erishildi

Date:

Xalqaro aloqalarni mustahkamlash tomonlarning savdo-iqtisodiy, siyosiy, turizm sohasi rivojiga xizmat qiladi. Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati va Tatariston Respublikasi hududlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, hududning iqtisodiy salohiyatini namoyish etish, investitsiya va turizmga oid taqdimotlar o‘tkazish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya Tataristonda bo‘lib qaytdi.
Tashrif davomida viloyatmiz hokimi Ulug‘bek Qosimov Qozon shahrida Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashdi. Delegatsiya a’zolari ishtirokida kengaytirilgan tarzda muzokaralar o‘tkazilib, hududlar o‘rtasida tashqi savdo aloqalarini kengaytirish, iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda joriy yilning 4-oktyabrdagi tashrifda imzolangan memomrandum va shartnomalar ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama va ko‘p qirrali aloqalarni kengaytirish, loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari kelishib olindi. Yakunda umumiy qiymati 200 million dollarlik kelishuvlarga erishilib, shartnoma va memorandumlar imzolandi. Viloyatimiz rahbari Rustam Minnixanovni Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrif bilan borishga taklif qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun