… viloyat bosqichi o‘tkazildi

Date:

Yurtimizda nafaqat gender tenglik hukm suradi, balki xotin-qizlarning jamiyatda o‘z o‘rnilarini topishlari uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, bundan ular o‘z o‘rnida foydalanib kelishayotir. Shu sababdan ham jamiyat hayotimizda har jabhada xotin-qizlarning faolligini, tashabbuskorligi, erkaklar bilan yelkama-yelka turib, jonbozlik ko‘rsatayotganini ko‘rish mumkin. “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” tanlovlarining viloyat bosqichida ana shunday xotin-qizlar bilan tanishish, ularning faoliyatiga nazar tashlash mumkin bo‘ldi.
Tanlovda Termiz shahri va barcha tumanlardan faol tashabbuskor xotin-qizlar ishtirok etib, tanlov nizomi va shartlariga ko‘ra bellashdilar. Har bir chiqish e’tibor va e’tirofga loyiq bo‘ldi. G‘oliblar turli nominatsiyalar bo‘yicha diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. “Yil ayoli” milliy tanlovining “Yilning eng kuchli ma’naviy ma’rifiy targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha Xalq deputatlari Sho‘rchi tuman Kengashi deputati Ixbol Sattarova viloyat bosqichi g‘olibi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sport — yangi milliy yondashuv

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholining sog‘lom turmush...

Ish tashlash — endi qonuniy vosita

Zamonaviy mehnat munosabatlarida xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi muvozanatni...

Sahnada porlagan iste’dod

San’at — yoshlarning ichki dunyosini namoyon etuvchi, iste’dod va...

“Yangi shahar”da yangi stadion

Hududlarda zamonaviy sport maskanlarini barpo etish — yoshlar salohiyatini...
KunTun
KunTun