Tanqidiy tahlil qilindi

Date:

Mahalla vatan ichidagi kichik bir vatan, jamiyatning esa asosiy bo‘g‘ini. Odamlar, oilalar uyushib yashaydigan mahallada faoliyat olib borayotgan “yettilik”ning o‘z vazifasi, mas’uliyati bor. Ularning birgina sustkashligi va mas’uliyatsizligi tizimni ishdan chiqarishi, illatlarga eshik ochishi hech gap emas. Ayniqsa, bu borada profilaktika inspektorlarining faoliyati muhim. Ular mahalladagi tinchlik-osoyishtalikka, fuqarolarning, yoshlarning har birining nima ish bilan mashg‘ul, jinoyatchilikka, huquqbuzarlikka moyilligini hisobga olgan holda profilaktik tadbirlar olib borishi, nazoratni kuchaydirishi lozim.


Bandixon tumani hokimligi majlislar zalida viloyat prokurorining katta yordamchisi I.Abdiev, tuman prokurori B.Toshpulatov, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari K.Salimov sektor rahbarlari, profilaktika inspektorlari, tuman mutasaddilari va 22 ta mahalladagi faollar ishtirokida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, mavjud kriminogen vaziyat va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi ishlar keng tahlil qilindi.
Yig‘ilish davomida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha mahallalardagi profilaktika inspektorlari hamda ma’sullar faoliyati muhokama qilindi. Ma’sullarga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida qilinishi lozim bo‘lgan kelgusidagi chora-tadbirlar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sho‘rchining “o‘sish nuqta”lari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243 Farmoniga muvofiq, Sho‘rchi...

Cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilarini tarmoqlardan ajratish...

“Burch, jasorat va matonat”

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sariosiyo...

“Boysun bahori”: milliy merosga boy sayohat

Erta tongdan Boysun tumanida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali...
KunTun
KunTun