Surxondaryo delegatsiyasi xalqaro turizm yarmarkasida

Date:

Turizm yosh soha, shunday ekan tajriba oshirish, ish o‘rganish, sohani rivojlantirish uchun tashlanadigan har bir qadam muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiysi, Surxon vohasining turizm salohiyatini ko‘rsata olish va turistlarga munosib xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish lozim. “Ipak yo‘lida turizm—2023” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi Surxondaryo viloyatining tadbirkor va ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya uchun mahorat va tajriba almashish maktabi bo‘ldi.
Tadbir davomida turli davlatlar va xorijiy kompaniyalar vakillariga Surxon vohasining turizm salohiyati va imkoniyatlari yaqindan tanishtirildi, batafsil axborotnomalar berildi. Xalqaro turizm yarmarkasida qator xorijiy kompaniyalar hamda tur firmalar bilan Surxondaryo viloyatida ichki va tashqi turizmni rivojlantirish, vohaga turlar tashkil etish bo‘yicha kelishuv va memorandumlar tuzishga erishildi.

Oldingi sahifaQulay va tejamkor
Keyingi sahifaKo‘mir tarqatilmoqda

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun