15 foiz bilan 20 yilga…

Date:

Yangi uy olishni istaymizu, ammo uyning kredit to‘lovlari-yu boshlang‘ich to‘lovi kishini o‘ylantirib qo‘yadi. Aholini shu kabi o‘ylantirayotgan jihatlarni hisobga olgan holda Prezidentning “Mening birinchi uyim” dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, imtiyozli uy-joylar oxirgi 5 yil davomida mulk huquqi asosida uy-joyga ega bo‘lmagan oilalarga, 15 foiz miqdorda boshlang‘ich to‘lov asosida 20 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlarida realizatsiya qilinadi.
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga imtiyozli uy-joylar bo‘yicha boshlang‘ich to‘lovining bir qismini qoplash uchun – qat’iy belgilangan 32 million so‘m miqdorida, oylik to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun – besh yil davomida har oylik qat’iy belgilangan 1 million so‘m miqdorida Davlat byudjeti hisobidan subsidiyalar beriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun