Qiziqish muvaffaqiyatga boshladi

Date:

Farzandi taqdirini, ertangi kunini o‘ylagan borki, uning ta’lim-tarbiyasiga, til o‘rganishiga katta e’tibor qaratayotir. Uzoqni ko‘zlab tashlangan qadam esa marraga yetmay qolmaydi. Shu sababdan ham maktab o‘quvchilari orasida ilm-fanda, sportda va ko‘plab sohalarda muvaffaqiyatga erishayotganliklarining guvohi bo‘lib kelmoqdamiz. Ayniqsa, til o‘rganish, til bilish sertifikatini qo‘lga kiritish yoshlar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Muzrabot tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Shexruz Saydullayev ham ingliz tilini o‘rganishga qiziqib, bu ishning uddasidan chiqdi ham. Hozirda o‘z ona tilisidek ingliz tilida so‘zlasha oladigan Shexruzga tengdoshlari havas bilan boqadi.
U yaqinda Malayziya davlatining Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan ingliz tili fanidan Eurasian Spelling Bee Xalqaro olimpiadasining final bosqichida ishtirok etib, e’tirof etildi. Mehnat va harakatning mukofoti shu bo‘lsa kerak-da.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtiyozlar imkoniyat yaratadi

Surxondaryo viloyatida Prezidentning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni...

Narkotik savdosining oldi olindi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilgan tezkor...

Nazorat kuchaytirildi

Surxondaryo viloyatida ekologiya va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd...

O‘ziga ishonchi ortdi

Termiz shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan...
KunTun
KunTun