Qandli diabet ovoz orqali aniqlanadi

Date:

O‘zingizda qandli diabet borligiga shubha qilsangiz, kerakli tekshiruv va tahlillardan o‘tishingizga to‘g‘ri keladi. Shundan so‘nggina gumoningiz to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekani aniq bo‘ladi. Amerika diabet assotsiatsiyasi ko‘rsatmalariga muvofiq esa qandli diabetni ovoz orqali aniqlash mumkinligiga nima deysiz? Ha, tinib-tinchimgan olimlar ana shunday imkoniyatlarimiz borligini ham ko‘rsatib qo‘yishdi.
Aytish kerakki, ushbu mexanizmning ishlash tamoyili oddiy. Bir kishi ma’lum davr oralig‘ida bir xil iborani takrorlab, o‘z tovushini yozib oladi. Shundan so‘ng audiodagi individual fiziologik parametrlar sun’iy intellekt tomonidan tahlil qilinadi.
Ushbu tadqiqot uchun Amerika diabet assotsiatsiyasi ko‘rsatmalariga muvofiq, kasallik tashxisi qo‘yilgan ko‘ngillilar jalb qilingan. Ishtirokchilar 2 hafta davomida kuniga 6 marotabadan ma’lum bir iborani talaffuz qilib, o‘z smartfonlariga yozib olgan. Sun’iy intellektning bu boradagi imkoniyatlarini baholagan tadqiqotchilar sog‘lom va bemor insonlarning ovoz parametrlari bir-biridan keskin farqlanishini aniqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu jarayonda 14 ta akustik xususiyat bemorning qandli diabetga chalinganini ifodalaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun