Oliy o‘rinlarni egallashdi

Date:

Qoraqalpoq davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida matematika fani bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi II Xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Olimpiadada 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan 200 dan ortiq talaba-yosh ishtirok etdi.
Bilimlar qat’iy sinov shartlarida sinashta bo‘ldi. Hakamlar odillik va shaffoflik bilan ishtirokchilarni baholashga, bilimli va iqtidorli yoshlarni yuzaga chiqarishga harakat qildilar. Quvonarlisi, mazkur olimpiadada Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti matematika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 4 nafar talaba ishtirok etib, ularning 3 nafari oliy o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘lishdi.
Ya’ni Shahnoza Turopova bronza, Hojiakbar Aminov kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Sirojiddin Beg‘amov oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun