Yangi sport kompleksi ochildi

Date:

Yoshlar darsdan so‘ng bo‘sh vaqt topdi deguncha sport bilan mashg‘ul bo‘lishi odatiy hol. Buning uchun albatta, sport maydonchasi va u yerda barcha shart-sharoitlar muhayyo bo‘lsa, nur ustiga nur. Sariosiyo tumanidagi 5-umumtaʼlim maktabida yoshlarning orzu-istagidagi sport kompleksining ochilish marosimi oʻtkazildi.
Ochilish marosimiga “Nuroniy” jamgʻarmasi Sariosiyo tuman boʻlimi raisi, tuman hokimi maslahatchisi S.Qosimov, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi T.Oʻzbekov, maktab maʼmuriyati va ota-onalar qatnashdilar. Ushbu sport kompleksi mini-futbol, basketbol, voleybol, badminton va gandbol maydonchalaridan iborat bo‘lib, yoshlar ushbu sport turlari bilan mashg‘ul bo‘lishlari mumkin. Ajab emas, qisqa fursatlarda ayni sport kompleksidan yurtimiz sharafini himoya qilib, davlatimiz bayrog‘ini eng yuqori cho‘qqilarga olib chiquvchi chempionlar yetishib chiqsa…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlarga yangi xonadonlar topshirildi

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Yetim bolalar va...

Yangi tashabbuslar ilgari surildi

Bugungi kunda xorijiy tajriba va zamonaviy bilimlarni yurt taraqqiyotiga...

Finalda g‘olib kim?

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli...

Sportchilarimiz bo‘sh kelmadi

“Besh tashabbus paralimpiadasi” nogironligi bo‘lgan yoshlarning sport salohiyatini namoyon...
KunTun
KunTun