“Yo’lchi”ga yo‘lingiz tushsa…

Date:

Hokim yordamchilariga berilgan imkoniyat va imtiyozlar, vakolatlar keng ko‘lamdagi ijobiy ishlarga eshik ochayotgani sir emas. Ishsizlarning ishli bo‘lib, imkoniyatlardan unumli foydalanib, oila byudjetiga daromad olib kirayotganlar soni ortib borayapti. Muzrabot tumani “Yo’lchi” mahallasidagi hokim yordamchisi Pirimjon Norqulov tashabbusi bilan mahalladagi 15 nafar kam ta’minlangan fuqaroga 150 boshdan subsidiya asosida jo’ja yetkazib berilgani fikrimiz isbotidir. Bu kabi xayrli ishlar izchil davom etmoqda va mahalla ahlining farovonligiga xizmat qilayotir.
— Oilam bilan ishsiz edik, — deydi fuqaro M.Xidirova. — Nima qilishni bilmay hokim yordamchisi bilan maslahatlashdik. Qo‘limizdan keladiganlarini aytib, munosib taklifni qabul qildik. Pirimjonning yordami bilan 200 million so‘m kredit mablag‘I olib, qolipli beton g’isht ishlab chiqarishi hamda penablok ishlab chiqarish uskunalari xarid qildik. Ayni paytda oilaviy biznesimizni yo‘lga qo‘yish harakatlarini boshlab yuborganmiz. Bu orqali mahalladagi 6 nafar ishsiz fuqaro doimiy ish o’riniga ega bo’ldi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun